1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqladi

Ota olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqladi

 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanida o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida do‘pposlagan o‘g‘li ruhiy hayajon holatida oshxona pichog‘i bilan otasini qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohat yetkazgan. Ota esa olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB TB tomonidan JKning 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика