1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent shahrida qurilish obyektlarida ekologik nazorat kuchaytirildi: 70 nafar quruvchi javobgarlikka tortildi

Nazoratlar davomida suv purkovchi uskunalar, yuvish maydonchalari va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tekshirildi.

Toshkent shahrida qurilish obyektlarida ekologik nazorat kuchaytirildi: 70 nafar quruvchi javobgarlikka tortildi

 

Toshkent shahrida maxsus ishchi guruhlar tomonidan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari davomida qurilish obyektlarida 3.01.02-23-sonli “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi tekshirildi.

 

Mazkur tadbirlar ekologik vaziyatni yaxshilash, qurilish jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Tekshiruvlar davomida har bir obyektning amaldagi holati o‘rganilib, quyidagi jihatlar nazorat qilindi:

  • Qurilish maydonida chang ko‘tarilishini kamaytirish uchun suv purkovchi uskunalar o‘rnatilishi va doimiy ishlatilishi;
  • Obyektga kirish-chiqish yo‘laklarida yuvish vositalari va dezinfeksiya maydonchalari mavjudligi;
  • Yuk va yengil avtotransport vositalarining tozalangan holda hududdan chiqishi;
  • Yer maydonlarida changlanish xavfini kamaytiruvchi profilaktik tadbirlar.

 

O‘rganish jarayonida, 60 ta qurilish obyektida havoga ko‘tarilayotgan chang va qum zarrachalarini bartaraf etish bo‘yicha talablar buzilgani, 47 ta obyekt maydonining 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilmaganligi aniqlangan.

 

Mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan:

  • 35 ta yozma ko‘rsatma berildi;
  • 24 obyektda suv purkagich uskunalari o‘rnatildi;
  • 47 obyektda avtotransport vositalarini yuvish hovuzlari barpo etildi;
  • 68 nafar shaxs ogohlantirildi;
  • 70 nafar quruvchi tashkilot vakillari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Ushbu ishlar ekologik barqarorlikni ta’minlash, shahar aholisi uchun sog‘lom muhit yaratish va qurilish jarayonlarida mas’uliyatni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Nazorat tadbirlari qat’iy davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика