Toshkentda qurilish jarayonlari sababli havoning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik xavfsizlik choralarining bajarilishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli nazorat tashkilotlaridan iborat 232 nafar mutaxassis jalb etilgan holda amaliy reydlar tashkil etildi.
Tekshiruv jarayonida jami 97 ta qurilish obyekti ko‘zdan kechirildi.
Natijada:
14 ta obyektida chang va qum zarrachalarining havoga tarqalishini kamaytirish bo‘yicha talablar buzilgani;
9 ta holatda ifloslantiruvchi moddalar me’yoridan ortiq miqdorda atmosferaga chiqarilgani;
52 ta obyektda qurilish maydonining belgilangan 25 foiz qismini ko‘kalamzorlashtirish talabi bajarilmagani aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish doirasida:
6 ta obyektga suv purkagichlar o‘rnatildi;
12 ta obyektda avtotransport vositalari g‘ildiraklarini yuvish hovuzlari tashkil etildi;
Salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan 14 ta yozma ko‘rsatma berildi;
Havoga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan 4 ta obyektning qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi.
Bundan tashqari, ekologiya talablari buzilganligi uchun 47 nafar fuqaro rasman ogohlantirildi, 41 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.


