1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Toshkent shahrining 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari ish boshladi

Ular har kuni 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi.

Toshkent shahrining 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari ish boshladi

 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

 

Taʼkidlanishicha, koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida kunlik ko‘rsatkichlar sezilarli darajada oshib bormoqda. Xususan, kecha yurtimizda 870 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi. Birgina Toshkent shahrida 450 nafardan ortiq bemor qayd etilgan. Vaziyatning jiddiy tus olayotganini hisobga olgan holda Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi yaqin bo‘lgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida ish boshlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi. Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilingan.

 

Shuningdek, koronavirus kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali olib borish maqsadida poytaxtimizdagi 12 ta ko‘p tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

 

Shu bilan birga, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, ekspress-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan taʼminlangan.

 

Murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanadi. Ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan “COVID-box”lar beriladi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика