Toshkent metropoliteni “Buyuk ipak yo‘li” bekatidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha yerosti yo‘li hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Boshlang‘ich hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi holatda yo‘l uzunligi 8,6 kilometr, kunlik yo‘lovchilar soni esa 62 ming nafar bo‘ladi.
Ikkinchi variantda masofa qariyb 8 kilometr bo‘lib, kuniga 55 ming kishiga xizmat ko‘rsatilishi mumkin.Mazkur loyihaning qurilish ishlari 5 yilga mo‘ljallangan.
Yerusti metrosining ikkinchi bosqichi Qo‘yliq dahasidan Sergeli yo‘lining 5-bekatigacha quriladi. Bekatlar soni 7 ta bo‘lishi va kuniga 38 ming yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq So‘nggi 6 oyda metropolitenda qancha yo‘lovchi tashilgani maʼlum bo‘lgani hamda Toshkentdagi metro qurilishida 899 million so‘m talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


