1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida yangi yo‘l quriladi

Loyiha mavjud yo‘lga tegmagan holda amalga oshiriladi.

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida yangi yo‘l quriladi

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida yangi yo‘l qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Transport vaziri Ilhom Mahkamov maʼlum qildi.

 

Vazir “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatlarini qamrab olgan “Chorvoq-Chimyon” rekreatsion zonasiga transport qatnovini yaxshilash rejalari haqida gapirgan.

 

Taʼkiqdlanishicha, konsepsiya allaqachon taqdim etilgan. Ish tanlov asosida, yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda va davlat-xususiy sheriklik mexanizmi doirasida amalga oshiriladi.

 

“Mavjud yo‘lga tegmagan holda yangi Toshkent – Chorvoq avtomobil yo‘li qurilishini ham boshlab yuboramiz”, degan vazir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика