1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet o‘qituvchilari ushlandi

DXX zamon.uz’ga o’tkazilgan tezkor tadbir bo’yicha ma’lumot berdi.

Toshkent va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet o‘qituvchilari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda zamon.uzga DXX xabar qildi.

 

Boshqa holatda esa Farg‘ona davlat universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy taʼlim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика