1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan o'tkazilgan yig‘ilishda bir qator raqamlarga e'tibor qaratildi.

Toshkent viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

 

Toshkent viloyatida qishloq yerlari Andijondan 1,5 karra ko‘p. Lekin, yetishtiriladigan mahsulot hajmi bir xil. Viloyatda 1 gektardan o‘rtacha daromad Andijondan 2 karra, Namangan va Farg‘onadan 1,5 baravar, Buxorodan 1,3 baravarga kam.

 

So‘nggi uch yilda viloyatdagi 21 ming gektar yer dehqonchilik uchun 51 ming nafar aholiga berildi. Lekin, yil boshidan bor-yo‘g‘i 72 million dollarlik meva-sabzavot eksport bo‘ldi. Bu – o‘tgan yilgidan kam.

 

Viloyatdagi samarasiz 2 ming 200 gektar bog‘ va tokzor hisobiga yiliga 10 million dollar eksport yo‘qotilayapti. Suv tejovchi texnologiya bo‘yicha Toshkent viloyati eng oxirgi o‘rinlarda.

 

Bu borada viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan ozod etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика