1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi

Qiz Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.

Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi

 

Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.


Taʼkidlanishicha, 20-iyun kuni soat 07:15 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 14 yoshli qiz o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yashash xonadonidagi chuqurligi 9 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketganligi va unga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan. 

 

Natijada xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida qizni quduq ichidan olib chiqqan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.

 

Shundan so‘ng turli darajada tan jarohati olgan qizga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan va hozirda shifokorlar nazoratida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика