Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “DAF” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada, avtomashinaning bagaj qismida, yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, 1 dona qog‘oz quti ichida og‘irligi 1,85 kg. “porox” moddasi borligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berdi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “porox” moddasi portlovchi moddalar tarkibiga kiradi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Jinoyat kodeksining 246-moddasiga ko‘ra, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, buning uchun alohida javobgarlik belgilangan.


