1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi

Kanalizatsiya qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotganda zaharlangan 57 yoshli ishchini qutqarish uchun tushgan 3 kishi ham hushidan ketgan.

Toshkent viloyatida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi

 

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz”.

 

Aniqlanishicha, 20 iyul kuni «Toshkent kommunal qurilish servis» MCHJ ishchisi — 57 yoshli Q.A. shaharning “To‘ytepa” MFYsida joylashgan suv oqova tarmog‘i (kanalizatsiya) qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda quduq ichidan chiqqan zaharli gaz aralashmasidan bo‘g‘ilib, hushidan ketgan.

 

Natijada o‘sha yerda bo‘lgan S.M. (23 yoshi), E.K. (55 yosh) va F.Sh. (27 yosh) quduq ichiga yordam berish maqsadida tushgan, ammo ular ham hushidan ketgan.

 

Oqibatda Q.A., S.M. va E.K. voqea joyida vafot etgan. F.Sh. esa hushsiz holatda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga ko‘ra, fuqarolarning o‘limiga vodorod sulfiddan o‘tkir zaharlanish, o‘tkir nafas, yurak-qon tomir yetishmovchiligi kabilar ko‘rsatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика