Toshkent viloyati, Toshkent tumanining Ko‘kterak hududi, “Uchsada” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Zaxariq” kanaliga 6 yoshli bola tushib ketgan. Voqea 2023-yilning 3-iyun kuni sodir bo‘lgan.
Maʼlum qilinishicha, tegishli tashkilotlar bolaning jasadini topish uchun Suv xo‘jaligi vaziridan “Zaxariq” kanali suvini bir kunga to‘xtatib turishga ruxsat so‘ragan.
Biroq “yuqori”dan suvni to‘xtatib turishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.
Bolakayning yaqinlari hali ham uning jasadini topa olishgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha mazkur hududda 9 sinf o‘quvchisi ham cho‘kib ketib, jasadi bir kundan so‘ng topilgandi.


