1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida aviashoular bo‘lib o‘tmoqda

Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi Havo floti kuni cifatida nishonlanadi.

Toshkent viloyatida aviashoular bo‘lib o‘tmoqda

 

Toshkent viloyatida joylashgan “Chirchiq” poligonida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni munosabati bilan ko‘rgazmali aviashoular bo‘lib o‘tmoqda.

 

Hududdagi markaziy maydonda kasb bayramini nishonlayotgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari, ularning oiala aʼzolari, turli yoshdagi aviatsiya ixlosmandlari jam bo‘ldi.

 

"Kun mobaynida hamyurtlarimiz harbiy aviatsiya texnikalari, turli uchish apparatlarining parvozini tomosha qilishi mumkin", deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Havo floti kuni munosabati bilan Chirchiq osmonida UZAIRFORCE yozuvini hosil qildi. Jarayon H-215 “Super Puma”vertolyotida amalga oshirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика