1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida bir qator “zapravkalar” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ularda bir qancha qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Toshkent viloyatida bir qator “zapravkalar” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent viloyati hududida faoliyat yuritayotgan bir qator avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

Toshkent viloyati FVBga ko‘ra, shoxobchalarda yong‘inga qarshi holat yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi holatlari aniqlanib, masʼul xodimlarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llangan.

 

Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida shoxobchalar faoliyati tegishli tartibda vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berib, 4 nafar fuqaro halok bo‘lgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика