1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Toshkent viloyatida bir yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

Qizaloq malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Toshkent viloyatida bir yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

 

Bugun, 17-oktabr kuni soat 11:44 da Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Birlik” mahallasida joylashgan novvoyxonalarning hovlisidagi hojatxonaga 2023-yilda tug‘ilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli tushib ketgan. Bu haqida FVV Matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

 

"So‘ngra qizaloq malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi", - deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика