Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i, davlat inspektori Muhammadjon Fozilov 19-iyun kuni xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida pichoqlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni damda inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bemor operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.
Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi maʼlum qilingan.


