Bugungi kunda Toshkent viloyati bo‘yicha jami isteʼmolchilar soni 376 181 tani tashkil qiladi, shundan aholi isteʼmolchilari 365 898 ta hamda yuridik tashkilotlari 10 283 tadan iborat bo‘lib, viloyatdagi isteʼmolchilarning debitor qarzdorligi bugungi kunda 147 milliard 162 million so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda viloyatdagi isteʼmolchilarning qarzdorligi 147 milliard 162 million so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, shundan jismoniy isteʼmolchilarning qarzdorligi 88 milliard 889 million so‘m, yuridik tashkilotlar debitor qarzdorligi 58 milliard 273 million so‘mni tashkil etadi. Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar:
-
Qibray tumani: 14 milliard 513 million so‘m;
-
Angren shahri: 10 milliard 10 million so‘m;
-
Toshkent tumani: 8 milliard 215 million so‘m;
-
Zangiota tumani: 7 milliard 228 million so‘m;
-
Yangiyo‘l tumani: 6 milliard 748 million so‘m;
-
Bo‘stonliq tumani: 6 milliard 454 million so‘m;
Bundan tashqari, 2023 yilning shu davrigacha bo‘lgan mudatda Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv tizimlariga jami 294 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan.


