1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida kasalxonadan qochgan shaxs avtomobil o`g`irladi

Shifokorlar uyiga ketishga ruxsat bermagani uchun avtomobil o`g`irlagan fuqaro YTHga uchradi

Toshkent viloyatida kasalxonadan qochgan shaxs avtomobil o`g`irladi

 

Toshkent viloyatida kasalxonadan qochgan shaxs avtomobil o‘g‘irladi hamda YTH sodir etdi. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining maʼlum qilishicha, 28 iyun kuni soat 13:10 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing Nexia-3 avtomashinasini nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.

 

Shundan so‘ng, ayblanuvchi avtomashinani boshqarib ketayotgan paytida Nexia-2 avtomashinasi orqa tomonidan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan va Chirchiq shahar IIB JQB xodimlari tomonidan ushlangan. Natijada ushbu shaxsning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u Toshkent viloyatida yashovchi 35 yoshli U.M. ekanligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi so‘roq qilinib, undan nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l o‘rganligini so‘ralganida, u Chirchiq shahridagi shifoxonada oyog‘ini davolaganligini va uyga ketish istagini shifokorlarga maʼlum qilganligida, shifokorlar unga ruxsat bermaganligidan jahli chiqib, ko‘chaga chiqib mazkur avtomashinani ko‘rib uyiga yetib olish maqsadida olib qochganligini maʼlum qilgan.

 

Hozirda gumonlanuvchining ko‘rsatmalari tekshirilib, uning ruhiy sog‘lomligi tekshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика