1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida o‘qituvchi o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi

Holat bo'yicha rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkent viloyatida o‘qituvchi o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi

 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktablardan birida o‘quvchi o‘qituvchisi tomonidan ayovsiz kaltaklangani aks etgan videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 9-oktyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 6-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Ushbu maktabning informatika fani o‘qituvchisi M.A. (1990 yilda tug‘ilgan erkak) mazkur fandan qo‘shimcha dars o‘tayotgan vaqtida 9-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan Q.S. (2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) dars jarayonida o‘qituvchini go‘yoki chalg‘itganligi tufayli o‘quvchisi Q.S. ni haqorat qilib, urib do‘pposlagan.

 

Hozirda holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика