1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida “prava”si yo‘q yigit YTH oqibatida vafot etdi

Shuningdek, avtomobilda bo‘lgan 2005-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyatida “prava”si yo‘q yigit YTH oqibatida vafot etdi

 

Toshkent viloyati Qibray tumanida onasining Spark mashinasida YTHga uchragan yigit vafot etdi.

 

Viloyat IIBB YHXB axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 11-avgust kuni soat taxminan 15:00 larda Qibray tumanida, 2005 yilda tug‘ilgan yigit (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqaruvidagi onasiga tegishli Sparkda harakatlanib ketayotgan vaqtida yo'lning xavfli burilish qismida boshqaruvini yo‘qotib yo'l chetidagi daraxtga urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

 

Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan 2005-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика