1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida qimmatbaho metallarning noqonuniy aylanmasi to'xtatildi

Ohangaron, Angren va Olmaliqda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdordagi ashyoviy dalillar aniqlandi.

Toshkent viloyatida qimmatbaho metallarning noqonuniy aylanmasi to'xtatildi

 

 

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosiga aloqador jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Zamon.uz ga DXX xabar berdi.

 

Ohangaron tumani, Angren va Olmaliq shaharlarida amalga oshirilgan tadbirlar davomida 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirildi. Natijada tarkibida qimmatbaho metall mavjud bo‘lgan jami 17,5 tonna qum va toshlar, ularni qayta ishlashda foydalanilgan turli asbob-uskunalar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, tekshiruvlar jarayonida 135 gramm oltin, 25 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli hamda 42 dona o‘q-dori ham musodara qilingan. Aniqlangan barcha ashyoviy dalillar tegishli ekspertizaga yuborildi.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Uning yakunlari bo‘yicha qonunchilik doirasida tegishli huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика