Bugun soat 01:40larda fuqaro S.S.ning boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga 2 nafar shaxs o'qotar qurolidan bir necha marotaba o'q uzgan. Avtomashina Qibray tumani bo'ylab harakatlanayotgan edi. Shundan so'ng hujum qilganlar noma'lum tomonga yashirinishgan. Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, - deyiladi xabarda.
Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


