1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida Tоjikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan yirik narkotik moddalar musodara qilindi

Bekobod va Chinoz tumanlarida narkosavdoga qarshi tezkor tadbirlar davomida bir necha shaxs ushlangan.

Toshkent viloyatida Tоjikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan yirik narkotik moddalar musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Ichki ishlar vazirligi (IIV) xodimlari hamkorligida mamlakatda kriminal vaziyatni barqarorlashtirish, tashkil etilgan jinoiy guruhlar va narkotik vositalar savdosiga qarshi 20-yanvardan boshlab keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Jumladan, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida o‘tkazilgan tadbirda Bekobod shahrida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan shaxs, ilgari narkotik vositalar savdosi bilan bog‘liq jinoiy javobgarlikka tortilgan, shartli xaridorga 200 g “gashish” moddasini 50 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs 6,9 mln so‘mni 1989-yilda tug‘ilgan hamshahariga bergan paytida u ham ushlanib, uning yonidan 500 g “gashish” moddasiga ega bo‘lingan. Ular Jinoiy kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan ayblanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa holatda esa, Bekobod tumanida Cobalt avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1973-yilda tug‘ilgan Toshkent shahri fuqarosining yonidan 600 g “opiy” modda topilgan. Shaxs ushbu narkotik vositani Bekobod shahrida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan tanishidan 5 ming AQSh dollari va 5 mln so‘mga sotib olgani aniqlangan.

 

Natijada, Bekobodlik narkosavdogarning yashash xonadonidan 1 kg 47 g “opiy” va uning ikki jinoiy sherigidan 335 g “opiy” moddas topilgan. Aniqlanishicha, ushbu narkotik vositalar Tожikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Ular Jinoiy kodeksning 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan ayblanmoqda.

 

Tezkor tadbirlar davom etmoqda va jinoyatchilikka qarshi kurash doimiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика