1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida yarim tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida 1 440 nafar shaxs va 100 ta jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Toshkent viloyatida yarim tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosida Toshkent viloyatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi davom etmoqda. Noyabr oyida viloyat IIBB, quyi bo‘linmalari va DXX boshqarmasi hamkorligida 53 kg giyohvandlik vositasi, 3 884 dona psixotrop modda va 5,3 kg sintez vosita (26 545 bir martalik doza) noqonuniy muomaladan chiqarildi.

 

2025 yilning o‘tgan 11 oyida umumiy hisobda 491 kg giyohvandlik vositasi, 365 289 dona psixotrop modda va 48,5 kg sintetik vosita (242 370 bir martalik doza) musodara qilindi. Tezkor tadbirlar natijasida 1 440 nafar shaxs va 100 ta jinoiy guruh faoliyati fosh etilib, ularga nisbatan qonun ustuvorligi va jazoni ta’minlash ishlari olib borildi.


Ushbu choralar tufayli o‘n minglab fuqarolarning giyohvandlik va sintetik moddalar ta’sirida zaharlanishi va qaram bo‘lib qolishi oldi olindi. Qayd etish joiz, giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy muomala qilish 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика