1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida yoʻl taʼmiri uchun 266 mln ajratilib, talon-taroj qilib yuborildi

Ushbu mablagʻlar bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali oʻzlashtirilgan.

Toshkent viloyatida yoʻl taʼmiri uchun 266 mln ajratilib, talon-taroj qilib yuborildi


 

Boʻka va Kitob tumanlarida yoʻl taʼmirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishcha, Departamentning Boʻka tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “Boʻka tumani yoʻllardan foydalanish” UK masʼul shaxslari tomonidan tuman hududidagi yoʻllarni taʼmirlashda amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 266,8 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, Kitob tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Kitob tumani yoʻllardan foydalanish” UK bosh hisobchisi S.K. va boshqalar tuman hududida amalga oshirilgan yoʻllarni taʼmirlash ishlari uchun ishchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan pullarni smeta hujjatlariga joriy ish haqi sifatida kiritishgan boʻlsa-da, 176,4 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика