1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida "zapravka"da turgan avtomobil portladi

Hodisa oqibatida uchta mashinaga zarar yetgan.

Toshkent viloyatida "zapravka"da turgan avtomobil portladi

 

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shohobchalarining birida avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, 9-iyun kuni soat 09:55 da Toshkent viloyati Parkent tumanida «metan zapravka» Nexia avtomashinasiga gaz quyish vaqtida unga o‘rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro‘y bergan. Natijada Nexia avtomobili va uning yaqinida bo‘lgan 2 ta Damas rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar yetgan. 

 

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика