Joriy yilning 12 aprel kuni soat 21:50 larda Yangiyo‘l tumani “Ahil” MFY Samarqand ko‘chasida yashagan 2002 yilda tug‘ilgan D.A. Yangiyo‘l shahar Tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, D.A. Yangiyo‘l shahar “Ramadan” MFYda joylashgan sport klubida sog‘lig‘i yomonlashib qolgan va shu yerning o‘zida vafot etgan. Maʼlum qilinishicha, marhum ToshDAU meva-sabzavot fakultetining 2-kurs talabasi bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, D.A.ning o‘limi o‘tkir yurak yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi va marhumda tan jarohatlari mavjud emasligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


