1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent xalqaro aeroportida 10 dona buqalamun to‘xtatib qolindi

Avvalroq 57 dona timsoh bolalari noqonuniy olib o‘tilayotgani aniqlangandi.

Toshkent xalqaro aeroportida 10 dona buqalamun to‘xtatib qolindi

 

 

Bugun, 31 avgust kuni esa Toshkent xalqaro aeroportida plastik idish orqali 10 dona buqalamunning noqonuniy olib o‘tish holati aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Misrdan uchib kelgan fuqaro Ya. J. Toshkent xalqaro aeroportida yashil yo‘lakdan o‘tayotganda bezovtalangan. Shu tufayli o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigi o‘tkazilgan.

 

Natijada ushbu shaxsning yuklari orasida umumiy qiymati 54,7 million so‘m bo‘lgan buqalamunlar borligi aniqlangan.

 

Hozirda buqalamunlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagani sababli ulardan 6 tasining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

 

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика