1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent xalqaro aeroportida mayda bezorilik sodir etgan erkak 10 sutkaga qamaldi

Moskvaga uchib ketishi kerak bo'lgan erkak mast holatda jamoat tartibini buzgan

Toshkent xalqaro aeroportida mayda bezorilik sodir etgan erkak 10 sutkaga qamaldi

 

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish zalida 15-iyul kuni “Toshkent-Moskva” HY-603 reys bilan uchib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jamoat tartibini buzgan.

 

Aniqlanishicha, mast holatda bo'lgan yo‘lovchi fuqarolarni hamda aeroport xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib jamoat tartibini buzgan.

 

Natijada mayda bezorilik sodir etgani uchun, Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика