Qayd etilishicha, 16 may kuni soat 14:05 da Sergeli tumani “Yuqori Darxon” MFY Beltepa ko‘chasida bir-biriga tutash bo‘lgan 2 ta uyda yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:52 da o‘rab olingan va soat 15:03 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida uylarning taxminan 300 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmadi.


