Qayd etilishicha, voqea bugun, 13-aprel kuni soat 19.04 da Sergeli tumanining “Habibiy” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. “Segeli–5” dahasida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli bino uchun foydalanilayotgan taxminan 25 metrlik minora kranining kabina qismida yong‘in kelib chiqqan.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVBning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va yong‘in 20 minut atrofida bartaraf qilingan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


