Toshkentda test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim jamoat transporti yo‘nalishlarining harakati soat 05:00 dan boshlanadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Aytilishicha, 1 avgust kunidan 13 avgust kuniga qadar, 2023-2024 o‘quv yili uchun Toshkentgi bir nechta manzillarda test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan, ushbu manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlarining harakati soat 05:00 dan tashkil etiladi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlari:
19, 50, 63, 115, 85, 88, 152, 24, 51, 67, 91, 93, 95, 140, 2, 38, 89, 136, 44, 68, 155, 17, 58, 60, 76, 53, 64, 65, 141, 196, 133m va 28m
Maʼlumot o‘rnida, bugun, 1 avgust kuni respublika bo‘ylab oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Toshkent shahrida kirish imtihonlari bir vaqtning o‘zida shaharning bir nechta obyektlarida – “O‘zekspomarkaz”ning ko‘rgazma pavilyonlarida, Oliy o‘quv yurtlararo sport majmuasi va “Yoshlik” sport markazida o‘tkazilmoqda.


