1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda 359 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortildi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz poytaxt» maxsus profilaktik tadbirlari davomida fohishalik bilan shug‘ullangani uchun avgust oyi boshidan buyon 359 nafar ayol maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda 359 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortildi

 

 

Xususan, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tungi reyd davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan shunday yengil tabiatli ayollar qo‘lga olingan. Ulardan bemahalda nima qilib yurgani so‘ralganda tayinli javob bera olishmagan.

 

Shuningdek, jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 26 ta holat fosh etilgan.

 

Bundan avval Samarqandda 33 yoshli ayol o‘z xonadonini fohishaxonaga aylantirgani hamda Chilonzorda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar va ularning haydovchilari ushlangani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика