1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda 400 million so‘mdan ortiq pulni talon-taroj qilgan shirkat rahbari qo‘lga tushdi

Sergelida 430 million so‘mdan ziyod pulni talon-taroj qilgan xususiy uy-joy mulkdorlari uyushmasi rahbari hibsga olindi. Bu haqda deb Bosh prokuratura departamenti xabar qildi.

Toshkentda 400 million so‘mdan ortiq pulni talon-taroj qilgan shirkat rahbari qo‘lga tushdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, Sergeli tumanidagi “S”. va “G.T” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari L.R 2018 yildan 2021 yilning sentyabr oyiga qadar ushbu shirkatlarga qarashli xonadon egalaridan undirilgan jami 431 mln so‘m badal to‘lovlarini shirkatlarga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Avvalroq, O‘zbekistondagi farmatsevtika kompaniyalaridan birining bosh direktori Sankt-Peterburgda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика