Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan yirik miqdorda noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Tekshiruv jarayonida “Go‘zal” MFY hududida joylashgan uyga yondosh binoda qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sex faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, mazkur qandolat sexi loyiha-texnik hujjatlarsiz hamda gaz ta’minoti korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzmasdan, tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. Bu holat amaldagi qonunchilik talablariga zid ekani qayd etildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy gaz iste’moli oqibatida yetkazilgan moddiy zarar 5 mlrd 22 mln so‘mni tashkil etgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rilishi kutilmoqda.


