1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi

2011-yilda tug'ilgan bola ko‘krak qafasiga koptok tegishi oqibatida hushini yo‘qotgan.

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi

 

Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.

 

6-oktabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog‘ida vafot etdi. Bu haqda poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, "Futbol amaliyoti. To‘p bilan harakatlanish" mavzusida dars o‘tilayotgan vaqtda 6-D sinf o‘quvchisi, 2011-yilda tug‘ilgan M.S.ning ko‘krak qafasiga koptok tegib, oqibatda bola hushini yo‘qotgan.

 

O‘quvchi tumandagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, vafot etgan, deyiladi xabarda.

 

Sud tibbiy ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.S.ga yurakning reflektor to‘xtashi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, yurak gipertrofiyasi, yurak tug‘ma nuqsoni tashxisi qo‘yilgan

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика