FVV Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 18 mart kuni soat 07:22 larda Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavze 31-uy oldida daraxt avtomashinalar ustiga qulaganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan. Daraxt qulashi natijasida 6 ta (Kia, Gentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, Niva) yengil avtomobil shikastlangan.
Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.


