1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda AQSHga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi Meksika orqali AQSHga yuborish evaziga 30 ming dollari talab qilgan

Toshkentda AQSHga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro fuqaro boshqa bir fuqaroni tanishlari yordamida AQSHga ishlash uchun Meksika orqali yuborish evaziga 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Shuningdek, yana Toshkent shahrida firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro Z.S. ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 3 500 AQSH dollari va 14 mln so‘m evaziga AQSHga borish uchun viza olib berishni vaʼda qilib, shundan 14 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика