Bugun, 31-yanvar kuni soat 15:47 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida joylashgan “Aviyator Karzinka” savdo binosida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga asosan, qutqaruv va yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borgan. Hodisa sodir bo‘lgan binodan barcha fuqarolar zudlik bilan evakuatsiya qilingan, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in shaxsan favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida bartaraf etilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.


