1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda avtobus va yengil avtomobil haydovchilari o‘zaro janjallashdi

Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» rasmiy maʼlumot berdi.

Toshkentda avtobus va yengil avtomobil haydovchilari o‘zaro janjallashdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Aviasozlar” bekatida avtobus va yengil avtotransport haydovchilari o‘zaro tortishayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» rasmiy maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, «Toshshahartransxizmat» Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur holat «5-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi, «SAZ LE-60» rusumli 106-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi T.D. hamda litsenziyasiz yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yengil avtotransport haydovchilari tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 106-sonli avtobus haydovchisi “Aviasozlar” bekatiga yetib kelganida bekat yengil avtotransport vositalari bilan to‘liq band qilingani sababli yo‘lovchilarni yo‘lning harakat qismida tushirishga majbur bo‘lingan.

 

Shu munosabat bilan, bekatda ushbu qoidabuzarliklarni sodir etayotgan yengil avtotransport vositalari haydovchilariga belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика