1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avtokran ag‘darilib ketdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentda avtokran ag‘darilib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi hududida avtokran ag‘darilgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holatda avtokran haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida taʼmirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin borib qolgan. Buning natijasida avtokran o‘z og‘irligi bilan sirpanib, yer qatlamining o‘pirilishi natijasida chuqurga tushib qolgan.

 

Ushbu holat natijasida avtokran haydovchisi va hududda taʼmirlash ishlarini olib borayotgan ishchi xodimlar jabrlanmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика