Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi Q.N. murojaat qilib, ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan ayol uning ishonchiga kirib, 2 nafar go‘dak bolasini tashlab ketganligini bildirgan.
45 kun avval tashlab ketilgan bolalarni Q.N. o‘zi boqib kelayotganligi, shu muddat ichida ona biron marta ham bolalardan xabar olmaganligini bayon etgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Hozirda 2 nafar go‘dak Bolalar uyiga vaqtincha joylashtirilgan.
Shuningdek, bolalarning onasi M.M. bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, uning qaramog‘ida bo‘lgan kichik yoshdagi farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaganligi holatiga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.


