1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ayrim transportlar harakati uzaytirilib, bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Toshkentda ayrim transportlar harakati uzaytirilib, bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

 

Toshkentdagi Qo‘yliq bozori orqali harakatlanuvchi ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati uzaytirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

 

12 yanvardan boshlab Qo‘yliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi bir qator transport vositalari “Food city” savdo majmuasi avtoshohbekatigacha harakatlanadi.

 

Harakatlanuvchi transportlar:

 

39, 45, 110, 122, 130-sonli 5 ta avtobus;

8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli 10 ta yo‘nalishli taksi.

 

Qo‘yliq bozori orqali harakatlanuvchi ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati uzaytirildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur harakatlar bozor atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, bunga Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shohko‘chasi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurish hamda yo‘l-taʼmirlash ishlari olib borilayotgani ham sabab bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, “Food city” savdo majmuasi maʼmuriyati yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 6 ta jadval asosida bepul avtobus harakatini yo‘lga qo‘ygan.

 

Ular “Food city savdo majmuasi – Qo‘yliq 7-metro bekati” yo‘nalishida harakatlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика