1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ayrim yo‘llar yopiladi

Hokimlik bu haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Toshkentda ayrim yo‘llar yopiladi

Toshkent shahrining Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘prigi ostidan o‘tuvchi qismida quvur almashtirish ishlari olib borilishi sababli ayrim yo‘l qismlari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Ashxobod bog‘idan Toshkent tibbiyot akademiyasiga yo‘nalishidagi yo‘l qismi – 9 noyabr soat 23:00 dan 10 noyabr soat 07:00 gacha;

 

Toshkent tibbiyot akademiyasidan Ashxobod bog‘iga yo‘nalishidagi yo‘l qismi – 10 noyabr soat 23:00 dan 11 noyabr soat 07:00 gacha yopiladi.

 

Hokimlik mazkur vaqt davomida yo‘l harakati ishtirokchilariga muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика