1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda bank xodimi 120 ming dollarni qimorga tikib yubordi

Bank bo‘limi boshlig‘i boshqa shaxslar bilan til biriktirib, yirik miqdorda kredit ajratilishiga erishib, mablag‘larni soxta hujjatlar orqali naqdlashtirgan va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga sarflagan.

Toshkentda bank xodimi 120 ming dollarni qimorga tikib yubordi

 

Toshkent shahrida 120 ming AQSh dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga tikib, talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Yashnobod tumanidagi bank filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan E. N. “A.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqa shaxslar bilan o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, ular “B.B.” MCHJ nomiga 120 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishiga erishgan. Keyinchalik soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali kredit mablag‘lari naqdlashtirilib, ushbu pul mablag‘lari internetdagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga sarflangan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика