Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlamoqchiligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 fevral kuni taxminan soat 14.00 larda Bektemir tumani Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida 1990 yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch. o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib u bilan muloqotga kirishgan. Shubhali ko‘ringan ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.


