1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda biologik faol qo‘shimchalar narkotik bo'lib chiqdi

Kelgusida ularni yashirin tarzda dorixonalarda sotish maqsad qilingan.

Toshkentda biologik faol qo‘shimchalar narkotik bo'lib chiqdi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, avvaldan kuzatuvga olingan Toshkent shahrida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan shaxsning yashash manzili qonun doirasida ko‘zdan kechirildi.

 

Tekshiruvlar natijasida uning uyidan jami 1 835 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositasi aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlashtirilib olindi.

 

Mazkur dori vositalarining tarkibida psixotrop ta’sirga ega pregabalin moddasi mavjud bo‘lib, ularni biologik faol qo‘shimchalar tashqi qadoqlariga joylab, kelgusida dorixonalarda yashirin tarzda sotishga uringani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan fuqaro­ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика