1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda bola oʻgʻriligi haqidagi xabarlar rad etildi

Poytaxtda oxirgi besh yilda bola oʻgʻriligi holatlari qayd etilmagan.

Toshkentda bola oʻgʻriligi haqidagi xabarlar rad etildi

Toshkent shahrida bola oʻgʻrilari paydo boʻlgani haqidagi xabarlar yolgʻon ekanligi maʼlum qilindi.

 

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bolalarni oʻgʻirlashga urinishlar boʻlgani haqida asossiz audioxabarlar tarqalmoqda. Poytaxt IIBB maʼlumotiga koʻra, ushbu xabarlar haqiqatga mos emas.

 

Oʻtkazilgan tekshiruvlar va oxirgi besh yillik tahlillar shuni koʻrsatadiki, Toshkent shahrida bola oʻgʻriligi bilan bogʻliq biror holat qayd etilmagan.

 

Rasmiy organlar fuqarolardan tekshirilmagan maʼlumotlarga ishonmaslik va ularni tarqatmaslikni soʻramoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика