1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda bolani kaltaklagan enaga 5 yilga qamaldi

U, shuningdek, ish vaqtida o‘g‘irlik ham sodir etgan.

Toshkentda bolani kaltaklagan enaga 5 yilga qamaldi

Toshkentda 41 yoshli Tojikiston fuqarosi ikki yil davomida qizaloqni muntazam kaltaklab kelgani va 118 mln so‘m o‘g‘irlagani uchun qamaldi. U savdo bilan shug‘ullanuvchi oilada enagalik qilgan va har kuni pul sanashda foyda ko‘tarib yurgan. Uy egasi yashirin kamera o‘rnatib, ayolning qilmishlarini tasdiqlagan. 

 

Sudda u qizaloqni asabiga teggani uchun urganini, o‘g‘irlangan pul miqdori esa 8 mln so‘m atrofida bo‘lganini aytgan. Ekspertiza ham qizaloqda turli tan jarohatlarini aniqlagan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, ayol 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va jabrlanuvchi foydasiga zarar undiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика