Kecha, 2-may kuni soat 16:05 atrofida Yashnobod tumani Nukus-Farg‘ona yo‘li ko‘chalari chorrasida BYD avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi, tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu YTH natijasida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


